O‘zbekiston | 14:48 / 07.06.2023
36063
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyent OTMga hujjat topshirish uchun qancha to‘laydi?

Bu yilgi qabul uchun abituriyentlar to‘lashi kerak bo‘lgan miqdor 165 ming so‘mni tashkil qiladi.

Foto: Kun.uz

Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimlari “Abituriyent” ko‘rsatuvida kirish imtihonlariga oid savollarga javob berdi.

“Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lov qilishadi. May oyidan BHM miqdori 330 ming so‘m etib belgilangan va abituriyentlar buning yarmini – 165 ming so‘m miqdorida to‘lov qiladi”, deb ma’lumot berdi agentlik xodimi Jamshidbek Odilov.

Qayd etilishicha, hamma abituriyentlar ham testda qatnashish uchun to‘lov qilmaydi. Xususan:

  • o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  •  mehribonlik uylari bolalari;
  • bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20 iyundan 20 iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10 iyulda yakunlanadi.

Mavzuga oid