Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA rahbari Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi munosabati bilan Zaporijjya AESga boradi
Rafael Grossi yaqin kunlarda Zaporijjya atom elektr stansiyasiga keladi, chunki Kaxovka GES vayron bo‘lganidan keyin atom stansiyasi tahdid ostida qolgan bo‘lishi mumkin.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi, Kaxovka GES to‘g‘onining buzilishi munosabati bilan, kelasi hafta shaxsan o‘zi Zaporijjya atom elektr stansiyasiga boradi, u yerda agentlik ekspertlari rotatsiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Grossi 6 iyun, seshanba kuni Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
"Kaxovka GES to‘g‘onining buzilishi ortidan yuzaga kelgan xavotirli voqealar tufayli, men kelgusi hafta ZAESda AEXA qo‘llab-quvvatlash va yordam missiyasining navbatdagi rotatsiyasini kuchaytirilgan jamoa bilan boshqaraman. Yadro xavfsizligi uchun hal qiluvchi daqiqa", deb yozadi Grossi.
Avvalroq AEXA Zaporijjya atom elektr stansiyasini quvvat bilan ta’minlovchi suv omboridagi suv sathi kun davomida pasaygan bo‘lsa-da, inshootda zaxira variantlari mavjudligi va yadro xavfsizligiga qisqa muddatli xavf yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Agentlikning ta’kidlashicha, agar uning sathi 12,7 metrdan pastga tushsa, ZAES suv omboridan suv ololmaydi. Mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga kelib, suv omboridagi suv sathi jami 83 smga tushib, 15,44 metrni tashkil qildi, deya xabar beradi AEXA.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:51 / 11.12.2024
AEXA Zaporijjya AESga ketayotgan avtomobilga dron zarbasi haqida ma’lum qildi
11:27 / 03.09.2024
Grossi «yadroviy hodisa oldini olish» uchun Zaporijjya AESga boradi
11:59 / 12.08.2024