Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus sudi Rossiyadan ekstraditsiya qilingan faolni 12 yilga hukm qildi
Yana Pinchuk 2022 yilda Rossiyadan ekstraditsiya qilingan va u Minsk “ekstremistik” deb hisoblagan Telegram-kanallarini boshqargani uchun Belarusda jinoiy javobgarlikka tortildi.
Minsk shahar sudi 6 iyun, seshanba kuni belaruslik faol Yana Pinchukni mamlakat rasmiylari “ekstremistik” deb hisoblagan uchta Telegram-kanali ma’muri bo‘lgani uchun 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Qiz “ekstremistik tuzilma yaratish”, milliy xavfsizlikka qarshi chora ko‘rishga chaqirish, adovat qo‘zg‘atish, tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rish va terrorchilik tashkiloti tuzish kabi moddalar bo‘yicha aybdor deb topilgan. Sud jarayoni yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi.
Pinchukka nisbatan ish "Vitebsk 97%" chati suhbatini boshqargani uchun qo‘zg‘atilgan, keyinchalik u "ekstremistik" deb e’lon qilingan. Pinchukning ta’kidlashicha, u chatga "ekstremistik" maqomi berilishidan oldin uning administratori bo‘lishni to‘xtatgan.
Belarus fuqarosi Yana Pinchuk 2018 yildan beri Sankt-Peterburgda yashab kelgan. 2021 yilda u Belarus hukumatining ekstraditsiya so‘rovidan keyin qo‘lga olingan. Pinchuk Rossiyada qochqinlik maqomini olish uchun ariza yuborgan, biroq rad javobi berilgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025