Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron o‘z hududida Rossiya, Turkmaniston va Qatar ishtirokida gaz habi tashkil etishi mumkin
Eron Busher viloyatidagi Asaluya sanoat hududida Rossiya, Turkmaniston va Qatar ishtirokida gaz habi tashkil etishga intilmoqda.
Bu haqda Eron neft vaziri Javod Oujiy ISNA agentligiga ma’lum qildi.
«Islom respublikasi… 33 trillion kub.m. qazib olinadigan gaz zaxirasiga ega, bu resurs zaxirasi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda... Biz Rossiya, Turkmaniston va Qatar ko‘magida Fors ko‘rfazi va Asaluyani tabiiy gaz habiga aylantirishga intilamiz», dedi u.
Vazir loyiha haqida batafsil ma’lumot bermadi, faqat hozir zarur tayyorgarlik va rejalashtirish ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025