Jahon | 13:18 / 07.06.2023
8591
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va Armaniston banklari Rossiya kompaniyalarining parallel import bo‘yicha ayrim to‘lovlarini bloklashni boshladi

Armaniston, Qozog‘iston va Hongkong banklari parallel import orqali yetkazib beriladigan protsessorlar, mikrosxemalar va boshqa elektronika uchun Rossiya kompaniyalaridan to‘lovlarni bloklashni boshladi, deb yozadi «Kommersant» sanoatdagi manbalariga tayanib.

Foto: Dmitriy Poluxin

Gazeta suhbatdoshlaridan birining ta’kidlashicha, Rossiya kompaniyalari so‘nggi ikki hafta ichida tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi kodi bo‘yicha to‘lovlar bloklanishiga duch kela boshlagan. Hukumatga yaqin yana bir manbaning ta’kidlashicha, to‘lovlar bloklanishi so‘nggi avlod telekommunikatsiya uskunalari, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va serverlarini yetkazib berishda kuzatilmoqda.

Nashr manbalaridan biri to‘lov bloklanishi banklarning sanksiya ro‘yxatidagi rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlik uchun AQSh ikkilamchi sanksiyalariga tushib qolishidan xavotirlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Gazeta eslatishicha, keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri kamida ikkita arman elektronika yetkazib beruvchisi AQSh cheklovlariga duchor bo‘lgan, shu jumladan Milur Electronics - AQSh rasmiylari bu kompaniya Rossiyaning mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi «PKK Milandr» shirkati bilan ishlagan deb hisoblaydi.

Gazeta suhbatdoshlari Rossiya kompaniyalari «muqobil» tovar nomenklatura kodlari bo‘yicha elektron komponentlarni xarid qilish, «boshqa to‘lov usullari»dan foydalanish yoki butun uskunani sotib olish orqali bank tekshiruvini chetlab o‘tishlari mumkinligini tan oldi. Shu bilan birga, bank sohasidagi manba xorijiy banklar Rossiyadan to‘lovlarni «qo‘lda» tekshirishlarini ta’kidladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid