Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik pivo bochkasiga cho‘kib o‘ldi
O‘zbekistonlik 47 yoshli mehnat migranti Rossiyada baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi.
MK xabariga ko‘ra, 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ulug‘bek Moskva yaqinidagi xususiy pivo zavodiga bog‘bon sifatida ishga qabul qilingan.
Boshliq uni ishlashi uchun qoldirib ketgan, qaytib kelgach esa topa olmagan.
Keyinroq uning oldiga xodim kelib, bochkalardan birining qopqog‘i ochiq ekanini, xamirturush quyadigan kran ham ochiq qoldirilganini, polga xamirturush to‘kilganini aytgan.
Ular 2 ming litr hajmli bochka ichiga qaraganda, uning tubida bog‘bon murdasini ko‘rishgan.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, migrant karbonat angidriddan zaharlanish oqibatida o‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, u pivo ichishga qaror qilgan, lekin qopqoqni ochgach, boshi aylanib, tubiga qulagan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025