Ukrainadagi urush tufayli atmosferaga 120 mln tonna CO2 chiqarib tashlandi
Niderlandiyalik iqlim bo‘yicha ekspert Lennard de Klerk Bonndagi BMT iqlim konferensiyasi uchun tayyorlangan hisobotida Ukrainadagi harbiy harakatlar birinchi yilining o‘zi Belgiya kattaligidagi butun bir mamlakat kabi atrof-muhit uchun zararli chiqindilarni hosil qilgani to‘g‘risida xabar berdi.

Foto: ecopolitic.com.ua
Olimning so‘zlariga ko‘ra, faqat Ukrainadagi urushning birinchi yilida ishlab chiqarilgan zararli tashlamalar hajmi taxminan 120 million tonna CO2 ekvivalentini tashkil etdi.
«Avvalo, bu, albatta, insoniyat fojiasi. Lekin atrof-muhitga zarar ham ko‘p», dedi de Klerk dpa nashriga bergan intervyusida.
5 iyun, dushanba kuni Bonnda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ikki haftalik konferensiyasi (SB58) boshlandi, uning davomida butun dunyodan kelgan delegatlar COP28 iqlim konferensiyasiga yechimlar tayyorlashi kutilmoqda. COP28 30 noyabrdan 12 dekabrgacha Dubayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

10:47
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

08:40
Zelenskiy: Hujumlar ko‘payganini hisobga olsak, Rossiyaga bosim yetarli emas

17:59 / 06.04.2025
Kiyev raketalar hujumiga uchradi

08:51 / 06.04.2025