Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Kiyevga Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatlarini bartaraf etishda yordam beradi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga suv nasoslari, o‘t o‘chirish shlanglari, mobil suv tozalash stansiyalari va qayiqlarni beradi, dedi Yevropa komissiyasi raisi fon der Lyayyen.
Kaxovka GES to‘g‘oni vayron qilingandan so‘ng, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga falokat oqibatlarini bartaraf etishda yordam beradi va ba’zi zarur jihozlarni yetkazadi, dedi seshanba, 6 iyun kuni Yevrokomissiya (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen.
"Yevropa bizning fuqarolik himoyasi mexanizmimiz orqali yordamni safarbar qilmoqda. Biz a’zo davlatlar bilan suv nasoslari, o‘t o‘chirish shlanglari, mobil suv tozalash inshootlari, qayiqlarni tezda yetkazib berishni muvofiqlashtirmoqdamiz ", deb yozdi fon der Lyayyen Twitter'da.
"Rossiya Ukrainada sodir etilgan harbiy jinoyatlar uchun to‘lashi kerak bo‘ladi. To‘g‘onning vayron bo‘lishi, fuqarolik infratuzilmasiga dahshatli hujum Xerson viloyatining minglab aholisini xavf ostiga qo‘yadi", - dedi YeK rahbari.
Yevropa Ittifoqi Kaxovka GES to‘g‘onining vayron qilinishini qoralab, sodir bo‘lgan voqeada Rossiyani aybladi. "Rossiyaning Ukraina muhim fuqarolik infratuzilmasiga qilgan hujumlari bugun Kaxovka GESning vayron bo‘lishi bilan misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Yevropa Ittifoqi bu hujumni eng keskin tarzda qoralaydi. Bu vahshiyliklarning yangi ko‘lamini ifodalaydi va qonunbuzarlik sifatida baholanishi mumkin”, - dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel va inqirozlarni boshqarish bo‘yicha Yevropa komissari Yanez Lenarchich qo‘shma bayonotida.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025