Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barqaror rivojlanish maqsadlari sari» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi BMT tomonidan tasdiqlangan 2030 yilgacha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda o‘z hissasini qo‘shgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tashabbuskor fuqarolarni ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etib kelayotgani uchun taqdirlanishi maqsadida ishlab chiqilgan.
Ushbu qaror bilan:
- “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” ko‘krak nishoni to‘g‘risida” nizom hamda ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish sxemasi;
- ko‘krak nishonining tavsifi;
- ko‘krak nishon guvohnomasining tavsifi tasdiqlanmoqda.
Bundan tashqari, nomzodlarni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari sari” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruhi saralashi, ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash ko‘rib chiqishi va tegishli qaror qabul qilishi nazarda tutilmoqda.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanuvchi shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari berilishi qayd etilmoqda.
Shuningdek, barcha xarajatlar O‘zbekiston respublika budjeti hisobidan amalga oshirilishi ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
12:52 / 30.12.2023
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha 87 ta ilg‘or davlatlar qatoridan o‘rin oldi
14:00 / 29.12.2023
O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari xalqaro reytingida 8 pog‘ona ko‘tarildi
19:55 / 25.09.2023
«Diniy bag‘rikenglik» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
20:25 / 04.09.2023