O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga chiqdi
Kiji saroyidagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ikki mamlakat o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsini qabul qildi.
Yetakchilar huzurida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 10 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlarni almashish marosimi ham bo‘ldi. Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim, huquqiy masalalarda, sanoat mulki va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan Italiya savdo agentligi o‘rtasida restavratsiya sohasida, O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi va Italiya Respublikasi madaniyat vazirligi o‘rtasida madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda 2026 yilga qadar madaniy almashinuvlar dasturi qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024