Jahon | 15:20 / 08.06.2023
29174
6 daqiqa o‘qiladi
Suvga g‘arq bo‘lgan uylar va qirilgan baliqlar. Xerson oblastida toshqin oqibatlari
Xersondan ikki ming kishi evakuatsiya qilindi. Regionning okkupatsiya ostidagi qismida kamida besh kishi halok bo‘ldi. GESdagi halokatning ikkinchi kunidan asosiy ma’lumotlar va suratlar.
Ukrainada urushning 469-kuni o‘tdi. Suv toshqinlari bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar:
- 6 iyun tongida Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismida joylashgan Nova Kaxovka shahri hududidagi Kaxovka GES to‘g‘oni buzilib ketdi — Kaxovka suv omboridagi suv nazoratsiz Dnipro daryosining quyi oqimiga quyila boshladi.
- Ukraina va Rossiya ro‘y bergan hodisada bir-birini ayblagan. The New York Times so‘roviga javob bergan ekspertlar hodisaga katta ehtimol bilan gidroelektr stansiyasi ichkarisidagi portlash sabab bo‘lganini aytishgan.
- Regionning okkupatsiya ostidagi qismida joylashgan Nova Kaxovka va Oleshki shaharlarini suv bosgan. Hududning Moskva tomonidan tayinlangan rasmiylari evakuatsiya e’lon qilishdi, ammo 7 iyun kuni ham Oleshki shahrida yashovchi aholi jurnalistlarga ikkinchi kundirki aholi yashash punktini tark eta olmayotgani va uylarning tomida o‘tirishga majbur bo‘layotganini aytishdi.
- 7 iyun tongida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Xerson oblastida jami besh ming uy suv ostida qolgan. Regionning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan qismida qariyb 1300 kishi evakuatsiya qilingan.
- Nova Kaxovkada tinch aholi vakillaridan yetti kishi bedarak yo‘qolgan. Oleshki meri Yevgeniy Rishchuk shaharda uch kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan. Xerson oblastining daryo chap sohilidagi qismida jami besh kishi vafot etgan.
- Nova Kaxovkada hayvonot bog‘i suvga g‘arq bo‘lgan. Uning xodimlari 300 ga yaqin jonivor nobud bo‘lgani haqida aytishgan. Rossiya tomonidan tayinlangan «mer» Vladimir Leontev esa u yerda jonivorlar bo‘lmaganini aytgan.
- GES to‘g‘oni vayron bo‘lishi oqibatlaridan biri — Kaxovka suv omboridagi baliqlar yoppasiga qirilishi bo‘ldi. Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak son-sanoqsiz baliqlar nobud bo‘layotgani aks etgan videoyozuvni e’lon qilib, Kiyev GESdagi hodisani «Rossiya amalga oshirgan ekotsid» deb hisoblashini yana bir bor ta’kidladi.
- CNN manbalari fikricha, yuzaga kelgan vaziyat Ukraina qurolli kuchlarini qarshi hujum bo‘yicha ayrim rejalarni o‘zgartirishga majbur qiladi. Endi ukrain qo‘shini Dnipro daryosini kechib o‘tishi va rossiyaliklarning pozitsiyalariga hujum qilishi yanada qiyinlashgan.
Xerson oblastining RF tomonidan okkupatsiya qilingan qismida nimalar bo‘lmoqda?
Dniproning o‘ng sohilida, Ukraina nazoratida bo‘lgan hududdagi vaziyat
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024