Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volodimir Zelenskiy: Rossiya kuchlari odamlarni suv toshqinidan qutqarmayapti
Rossiyaning Xerson viloyatidagi okkupatsion kuchlar Kaxovka GES portlatilishidan keyin suv bosgan aholi punktlarida mahalliy aholini qutqarishda ishtirok etmayapti, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
Foto: president.gov.ua
"Xerson viloyatining bosib olingan qismida butunlay halokatli vaziyat. Okkupantlar bu dahshatli sharoitda odamlarni shunchaki tashlab ketishdi. Qutqarmasdan, suvsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri suv bosgan jamoalardagi uylarning tomlarida. Bu Rossiyaning yana bir jinoyati, keyin u ham bundan ko‘proq zarar keltiradi”, — dedi Zelenskiy.
Avvalroq Rossiyaning "Verstka", "Agenstvo" va "Mediazona" nashrlari Telegram’dagi chatlar va ko‘ngillilarning hikoyalariga tayanib, Rossiya kuchlari nazorati ostidagi Dniproning chap qirg‘og‘ida yuzlab odamlar evakuatsiya qilinishini kutayotgani, biroq rasmiylar ba’zan hatto qayiqni suv toshqini zonasiga kiritmasdan, qutqarish ishlariga xalaqit berayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025