Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrohudud pandemiyadan keyin birinchi marta retsessiyaga duch keldi
Yevrohudud iqtisodiyoti o‘tgan yilning to‘rtinchi choragidagi xuddi shunday pasayishdan keyin yanvar-mart oylarida 0,1 foizga qisqardi. Rossiyaning Ukrainadagi «maxsus operatsiyasi» tufayli energiya narxining ko‘tarilishi fonida Yevropa koronavirus pandemiyasidan keyingi birinchi turg‘unlikka duch keldi.
Yevrozona iqtisodiyoti 2023 yilning birinchi choragida 0,1 foizga qisqardi. Bu haqda Bloomberg Yevrostatning yangilangan ma’lumotlariga tayanib yozmoqda. Yevropa iqtisodiyoti ketma-ket ikkinchi chorakda pasaydi - o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida pasayish 0,1 foizni tashkil etgandi. Agentlik qayd etishicha, bu Yevropada koronavirus pandemiyasidan keyingi birinchi yarim yillik retsessiya hisoblanadi.
Bu Rossiyaning Ukrainadagi «harbiy maxsus operatsiyasi» va G‘arb davlatlari tomonidan Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlar tufayli qishda energiya narxining kuchli o‘sishi fonida sodir bo‘ldi. Retsessiya Yevropa Ittifoqi siyosatchilari va Yevropa Markaziy banki (YeMB) rasmiylariga zarba bo‘ldi, ular inflatsiya yevrozona tarixidagi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan taqdirda ham retsessiyaning oldini olish mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan, deb yozadi Bloomberg.
Yevrostat ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi chorakda yevrohudud yalpi ichki mahsulotining pasayishi davlat xarajatlari va uy xo‘jaliklari xarajatlari qisqarishi bilan bog‘liq. Zaxiralarning kamayishi ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi, savdoning tiklanishi esa Yevropa iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatladi, deya ta’kidlaydi agentlik.
Yevrozonaning 20 ta davlatidan retsessiya yettitasiga ta’sir ko‘rsatdi. Joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsuloti 2021 yil oxiridan beri o‘smagan Germaniya, Litva, Malta, Niderlandiya, Gretsiya, Irlandiya va Estoniya iqtisodlari pasaydi.
Mavzuga oid
19:43 / 05.08.2024
“Qora dushanba”. Global bozorlar nega qulayapti?
13:07 / 25.05.2023
Germaniya iqtisodiyotida retsessiya boshlandi
10:09 / 15.04.2023
Germaniya texnik retsessiyaning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi
15:52 / 04.04.2023