AQSh ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshlari Kaxovka GES to‘g‘onida portlashni qayd etgan - OAV
Biroq, AQSh razvedka idoralarida portlashda kim javobgar ekanligi haqida haligacha ishonchli dalillar yo‘q.
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining yuqori martabali mulozimining aytishicha, AQSh ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshlari Kaxovka to‘g‘oni vayron bo‘lishidan biroz oldin portlashni qayd etgan. Ammo amerikalik tahlilchilar to‘g‘onning qulashiga kim sababchi bo‘lganini va aynan qanday sodir bo‘lganini haligacha bilmaydi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Infraqizil datchiklar bilan jihozlangan sun’iy yo‘ldoshlar to‘g‘on qulashidan biroz oldin katta portlashga o‘xshash termal belgini aniqlagan.
AQSh razvedkasi tahlilchilari to‘g‘onning vayron qilinishi ortida Rossiya turgani haqida gumon qilmoqda, dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan ma’muriyatning yuqori martabali rasmiysi. Biroq, uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh razvedka idoralarida portlashda kim javobgar ekanligi haqida haligacha ishonchli dalillar yo‘q.
Shuningdek, nashr muhandislar va o‘q-dorilar bo‘yicha mutaxassislarning xulosalariga tayanib, Rossiya nazorati ostidagi Kaxovka to‘g‘onida ataylab sodir etilgan portlash uning vayron bo‘lishiga katta ehtimol bilan sabab bo‘lganini yozdi. Ularning qo‘shimcha qilishicha, tuzilmaviy nosozlik yoki tashqi hujum ham vayronagarchilikka sabab bo‘lishi mumkin, biroq, buning ehtimoli juda past.
Avvalroq norvegiyalik olimlar seysmik silkinishlarni qayd etishdi, bu esa Kaxovka GES to‘g‘oni portlash oqibatida vayron bo‘lganini tasdiqlashi mumkin.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024