Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:55 / 09.06.2023
21868
6 daqiqa o‘qiladi
Toshqindan qutqarilayotgan jonivorlar va Luhansk oblastidagi janglar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 470-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukrain hukumati Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi va hududni suv bosishidan keyin Xerson oblastida evakuatsiya jarayonini davom ettirmoqda.
- Xerson oblastining bir qismini egallab olgan Rossiya tomoni ham suv bosgan hududlardan odamlarni olib chiqmoqda. Ammo mahalliy aholi vakillari va ko‘ngillilar rasmiy qutqaruv amaliyoti ko‘ngildagidek ketmayotgani haqida xabarlar berishgan.
- Rossiyalik harbiylar jabrlanganlarni evakuatsiya qilish vaqtida suv bosgan Xersonni o‘qqa tutgan. To‘qqiz kishi yaralangan.
- 8 iyun kuni kechqurun Rossiya Cherkass oblastining Umani rayonini ham o‘qqa tutdi. Region harbiy ma’muriyati rahbari Igor Taburetsga ko‘ra, sakkiz kishi yaralangan, ulardan ikki nafari — og‘ir ahvolda.
- Ukrain harbiylari «uzoq kutilgan qarshi hujum»ni boshladi, deb xabar qildi The Washington Post. Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastida faqat «lokal amaliyotlar» olib borilayotganini aytgan.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedkasi hisobotida aytilishicha, Ukraina frontdagi uchastkalarning ko‘p qismida tashabbusni qo‘lga olgan.
Kun kadri. Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan surati

Kaxovka GES vayron bo‘lishi oqibatlari








Luhansk oblastidagi oldingi chiziqda turgan ukrain askarlari




Ukraina qurolli kuchlarining Donbass shimolidagi dala hospitali




Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025