Toshkent aeroportining maxsus texnika parki yangi mashinalar bilan to‘ldirildi
Uzbekistan Airports aviakompaniyasi 35 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega, samolyot bortiga va undan yuk ortish/tushirish uchun Germaniyada ishlab chiqarilgan ikkita yangi konteyner yuklagich xarid qildi.
Ushbu texnikaning yuklarni ko‘tarish maksimal balandligi 5,6 metrni tashkil etadi, bu esa har qanday samolyotga, barcha turdagi konteynerlar va palletlarni yuklash imkonini beradi.
Bundan tashqari, yangi mashinalar orqa platformadagi palletlar va konteynerlarni avtomatik ravishda aylantirish imkoniyatiga ega, bu havo bandargohining ish unumdorligini oshiradi.
«Zamonaviy aeroportning uzluksiz ishlashi bevosita yuk oqimlarini boshqarish qobiliyatiga bog‘liq. Yangi konteyner tashuvchilarning unumdorligi shu kabi yerda xizmat ko‘rsatish mashinalariga qaraganda 40 foizga yuqori. Yangi maxsus jihozlardan foydalanish havo kemalariga xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartiradi va havo bandargohi samaradorligini oshiradi», — deyiladi Uzbekistan Airports maxsus transport xizmati xabarida.
2022-2023 yillarda Uzbekistan Airports tomonidan Toshkent aeroportining ekspluatatsion faoliyatini yaxshilash maqsadida aerodrom majmuasida universal tozalash mashinalari, havo kemalarini muzdan tozalash moslamalari, havo kemalari buksirlari, yuk tashuvchi texnika va boshqalar xarid qilingan.
2023-2024 yillarga mo‘ljallangan rejalarda aeroportni yangi turdagi maxsus transport vositalari va havo kemalariga yer ustida xizmat ko‘rsatish vositalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024