Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bozor 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalandi
Qoidabuzarga chora ko‘rilgan, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Navro‘z dehqon bozorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, «O‘zenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida bozor ma’muriyati oylik hisobotlarda o‘lchov tizimidagi tok transformatorining haqiqiy koeffitsiyentini kamaytirib ko‘rsatgani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025