Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CAFA Nations Cup. O‘zbekiston Ummonni yirik hisobda yengdi, Tojikiston Turkmaniston bilan durang o‘ynadi
CAFA Nations Cup'da A guruhi 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlar Jaloliddin Masharipovning dubli va Hojiakbar Alijonovning goli evaziga Ummon ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. E’tiborlisi, ushbu bahsda O‘zbekiston U-20 yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev va himoyachisi Abduqodir Husanov milliy jamoada debyut qilishdi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Tojikiston Turkmaniston bilan to‘qnash kelib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
2-tur bahslari 14 iyun kuni o‘tkaziladi va unda O‘zbekiston Turkmanistonga qarshi maydonga tushadi.
CAFA Nations Cup. A guruhi
1-tur. 11 iyun
O‘zbekiston — Ummon 3:0
«Bunyodkor» stadioni
Gollar: Masharipov (7, 24), Alijonov (89).
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov, Hojiakbar Alijonov, Abdulla Abdullayev, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev, Farrux Sayfiyev (Abduqodir Husanov, 81), Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov (Jasur Yaxshiboyev, 74), Jaloliddin Masharipov (Hojimat Erkinov, 61), Jamshid Iskanderov (Sardor Sobirxo‘jayev, 60), Oston O‘runov (Abbos Fayzullayev, 74).
Ummon — Ibrohim Al Muhayni, Arshad Al Alavi (Abdulloh Favaz, 46), Juma Al Habsi, Ahmad Al Hamisi, Issam Al Sabhi (Mahmud Mabruk, 65), Zohir Akbari (Al Mushaifri, 85), Umar Al Malki (Muhsin Solih, 46), Jamil Al Yahmadi, Ahmad Al Kaabi, Saloh Al Yahyoyi, G‘arib Al Sa’di.
Tojikiston — Turkmaniston 1:1
«Paxtakor» stadioni
Gollar: Hamroqulov (86) — Annayev (57).
Tojikiston — Yatimov, Z.Jo‘raboyev, Safarov, Xanonov, Umarboyev (Hamroqulov), A.Jo‘raboyev, Mabatshoyev (Toirov 64), Payshanbe, Nazarov (Islomov), Alijoni, Jalilov.
Turkmaniston — Choriyev, Annaguliyev, Toyjanov, Annayev (Annaduryayev), Xojayev (Saparmamedov), Ballakov, Diniyev (Tirkishov), Bashimov, Bayov, Saparguliyev, Choriyev.
Mavzuga oid
18:34 / 26.05.2025
O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy uchrashuvi 9 qavatli bino balandligida katta ekranda namoyish etiladi
14:32 / 29.03.2025
“Mening vazifam futbolchilarning ishini osonlashtirish” – Temur Kapadze
21:08 / 28.03.2025
Tehron endi qo‘rqinchli emas. O‘zbekistonni mundialga yaqinlashtirgan o‘yin haqida
15:16 / 25.03.2025