Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston transport yo‘lagi orqali yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi
Yuk poyezdi Xitoyning Lanjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.
Sian shahrida bo‘lib o‘tgan «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida Zhejiang Union of Railway Logistics kompaniyasi, «O‘zbekiston temiryo‘llari» va «Qirg‘iz temiryo‘li» milliy kompaniyasi»» davlat korxonasi hamkorligida Lanjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.
Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni rag‘batlantirish maqsadida ilk sinov poyezdi harakatiga 9 iyun kuni start berildi.
Tarkibida quyosh panellari, mexanik jihozlar, matolar va boshqa yuklar bo‘lgan umumiy qiymati 2,5 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Lanjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025