Jahon | 11:40 / 13.06.2023
4802
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada NATOning eng yirik havo mashqlari boshlandi

Yevropada NATOning so‘nggi yillardagi eng yirik havo o‘quv mashg‘ulotlari – Air Defender 23 boshlandi, deb xabar bermoqda Bloomberg. Ularda Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo 20 dan ortiq davlatdan 10 ming askar va 250 ta samolyot qatnashmoqda.

Foto: US Air Force

Ular 2018 yilda rejalashtirilgan va tashkilotning kuchini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan edi. Mashg‘ulotlarga Germaniyaning to‘rtta havo bazalari, shuningdek, Chexiya va Niderlandiyaning bittadan aviabazasi jalb etiladi

Ularda NATOga a’zo davlatlardan tashqari alyans hamkorlari - Yaponiya va Shvetsiya ham ishtirok etadi. AQSh HHK Milliy gvardiyasi direktori Maykl Lo dunyoda va Yevropada o‘zgarib borayotgan strategik landshaft haqida gapirdi hamda NATOning ko‘plab uchuvchilari birinchi marta havoda birga ishlashini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, germaniyalik general Ingo Gerxars mashg‘ulotlar biron bir davlatga qarshi qaratilgan emasligini ta’kidlaydi. 

May oyi oxirida NATO Norvegiya dengizida 14 g‘arb davlati, jumladan Norvegiya, Finlandiya va Shvetsiya qurolli kuchlari ishtirokida «Arktika chaqirig‘i» mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Ularda 3 mingga yaqin askar va 150 ta samolyot qatnashdi. 

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid