Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh fuqarolarining O‘zbekistonga noqonuniy kirishi oldi olindi
Qirg‘izistonda chegara orqali O‘zbekistonga noqonuniy o‘tmoqchi bo‘lgan Bangladesh fuqarolari ushlandi.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish kanalini aniqladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3 iyun kuni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari chegara xizmati bilan birgalikda Qora-Suv viloyatidagi «Qum» chegara uchastkasida to‘rt nafar Bangladesh fuqarosi va O‘zbekiston fuqarosi ushlangan. Ular noqonuniy ravishda O‘zbekistonga o‘tishga uringan.
Bundan tashqari, chet el fuqarolariga chegarani noqonuniy kesib o‘tishda vositachilik xizmati ko‘rsatgan, 1994 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ham qo‘lga olingan.
Hozirda jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025