Jahon | 15:36 / 14.06.2023
14014
5 daqiqa o‘qiladi

Qarshi hujumning ilk natijalari va Krivoy Rogga zarba oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 475-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya harbiylari Krivoy Rogga yo‘llagan zarba oqibatida besh qavatli turar joy binosi vayron bo‘ldi. 12 kishi halok bo‘lgan.
  • Ukraina hukumati va Xerson oblastiga Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyatga ko‘ra, Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishini tashkil etmoqda.
  • Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyarning ma’lum qilishicha, mamlakat qurolli kuchlari Donetsk va Tavr operativ rayonlarida bir hafta davomida yettita aholi yashash manzilini ozod etgan.
  • Vladimir Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. U ilk bor Rossiyaning chegaradosh regionlari o‘qqa tutilishi yuzasidan munosabat bildirdi, shuningdek Ukrainada jang qilayotgan mahbuslarni afv etish to‘g‘risida farmon imzolaganini tasdiqladi. Uning chiqishidagi asosiy gaplarni ushbu havolada o‘qish mumkin.
  • Bundan tashqari, Putin harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning chetga chiqish pasportlarini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qonunni va jinoyat sodir etgan politsiyachilar uchun jazoni yengillashtiruvchi qonunni imzoladi.
  • Davlat dumasi deputatlari urush ishtirokchilarini kichik va o‘rta og‘irlikdagi jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod qilishni taklif etishdi.
  • Peterburgda safarbarlikdan dezertirlik qilgan askar (sud uning shaxsini ochiqlamagan) yetti yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov versiyasiga ko‘ra, 2022 yil oktyabrida harbiy xizmatchi anneksiya qilingan «LXR» hududida mudofaa pozitsiyasiga chekinishdan bosh tortgan va avtomatini olib xizmat joyini tark etgan.

Donetsk oblastida ozod etilgan qishloqlar

Ukraina qo‘shini Donetsk oblastining g‘arbiy qismidagi to‘rt qishloqni — Makarovka, Blahodatne, Neskuchne va Storojyevoye qishloqlarini ozod etgan. Bu 4 iyun kuni boshlangan qarshi hujumning dastlabki natijalari bo‘ldi. Quyida ukrainalik harbiylar tomonidan ozod etilgan Neskuchne qishlog‘idagi vaziyat aks etgan suratlar.

Ukrainalik harbiy Neskuchne qishlog‘ida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar Neskuchneda halok bo‘lgan rossiyalik askar jasadi yonidan o‘tmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari harbiy avtomobili Neskuchne yaqinida
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
RF armiyasining Neskuchneda halok bo‘lgan harbiy xizmatchisi jasadi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Neskuchnedagi vayron bo‘lgan binoda Ukraina bayrog‘i
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

 Krivoy Rogga zarba oqibatlari

13 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Dnipropetrovsk oblastida, Dnipro shahridan 140 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan Krivoy Rog shahrini o‘qqa tutdi. Raketalardan biri besh qavatli turar joy binosiga kelib urilgan — so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishi halok bo‘lgan. Shahar ma’muriyati rahbari Oleksandr Vilkul besh qavatli uydan tashqari omborxona, xususiy korxona, qutqaruvchilar bo‘linmasi va yana bir obekt shikastlanganini xabar qilgan.

RF mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar «Ukraina qurolli kuchlarining operativ zaxiralari to‘plangan joylarga, shuningdek, o‘q-dorilar va xorijda ishlab chiqarilgan qurollar omborlariga uzoq masofaga yuqori aniqlikda harakatlanuvchi qurollar bilan guruhli zarbalar yo‘llagani»ni ma’lum qilgan.

Rossiyaliklar raketasidan vayron bo‘lgan binoning ko‘rinishi
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan turar joy binosidan mushukni olib chiqayotgan qutqaruvchilar
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaliklar zarbasidan vayron bo‘lgan uyda yashovchilar
Stas Yurchenko / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Andriy Dubchak / AP / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan uyda yashovchi ayol o‘z iti va buyumlari bilan yaqin atrofdagi maktab hududida
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Krivoy Rog o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi ustida turgan politsiyachilar
Andrii Dubchak / Reuters / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

 Xersonda suv toshqinidan keyin ilk bor ko‘rishayotgan qo‘shnilar

Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Mavzuga oid