Jahon | 11:22 / 14.06.2023
9451
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya qaysi davlatlar bilan milliy valutada g‘alla yetkazib berish bo‘yicha eng ko‘p shartnoma tuzgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya joriy yilda xorijga g‘alla, yog‘ va shakar yetkazib berish bo‘yicha milliy valutada 750 dan ortiq shartnoma tuzdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko RIA «Novosti» agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Foto: RIA Novosti

«Joriy yilning o‘zida milliy valutada g‘alla, yog‘ va shakar bo‘yicha 750 dan ortiq shartnoma tuzilgan bo‘lib, bu 1,5 million tonna mahsulotdir. Aksariyat tranzaksiyalar Eron, Suriya, Misr va MDH davlatlari bilan amalga oshiriladi», dedi u. 

Bosh vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, hozirda eksport to‘lovlarining 5 foizi milliy valutada amalga oshirilmoqda. 

U, shuningdek, Rossiya boshqa davlatlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini milliy valutalarda yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganiga aniqlik kiritdi. «Muzokaralar jarayoni barcha do‘st davlatlar bilan amalga oshirilyapti. Umuman olganda, bizning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti dunyoning 160 mamlakatiga to‘g‘ri keladi», — deya qo‘shimcha qildi bosh vazir o‘rinbosari. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rublda savdo qilishdan manfaatdor. Ammo, qabul qiluvchi tomon ham tegishli hisob-kitoblarga tayyor bo‘lishi muhimdir. Bosh vazir o‘rinbosari avvalroq ta’kidlaganidek, Turkiya bilan g‘alla yetkazib berish bo‘yicha birinchi kelishuv rublda tuzilgan, Misr bilan ham xuddi shunday masala muhokama qilinmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid