Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tbilisi: g‘arb Gurjistondan Rossiya bilan parvozlarni bekor qilishni talab etmayapti
Gurjiston parlamenti raisi Shalva Papuashvili g‘arb Tbilisidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni va Rossiya Federatsiyasi bilan parvozlarni bekor qilishni talab qilmayotganligini aytdi. Bu haqda parlament spikeri Gurjistonning "Imedi" telekanalida jonli efirda aytib o‘tdi.
Papuashvilining ta’kidlashicha, “g‘arbiy sheriklar” bilan muzokaralar chog‘ida Gurjiston tomoni ularga vaziyatni tushuntiryapti, shundan so‘ng hamma muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan tushunchaga ega bo‘lyapti. Spikerning ta’kidlashicha, hech kim Gurjiston hukumatini Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etishga, jumladan, Rossiyaga samolyotlar parvozini taqiqlashga chaqirmayapti.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Gurjiston hukumati Rossiya Federatsiyasi bilan parvozlarni qayta tiklashga qaror qilganidan afsusda ekanini bildirgan edi. Yevropa rasmiylariga ko‘ra, bunday qaror Gurjistonning Yevropa yo‘lida xavotir uyg‘otadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining 10 maydagi farmoni bilan 2019 yil iyunidan beri amalda bo‘lgan Rossiya aviakompaniyalarining Gurjistonga parvozlariga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Gurjiston bosh vaziri Irakliy Garibashvili Moskvaning viza rejimi va Gurjistonga parvozlar bo‘yicha taqiqni bekor qilganini ijobiy qadam deb atadi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025