Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qulab tushgan xonadon devori orasida qolib ketgan 2 yoshli bola qutqarildi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida ikki yoshli bola qulab tushgan xonadon devorlari orasida qolib ketdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari yordami bilan bola hayoti saqlab qolindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Bugun, 15 iyun kuni soat 12:14 da Toshkent shahar FVBga Mirzo Ulug‘bek tumani «Oliy Himmat» MFYda joylashgan uylarning birida qurilish maqsadida qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda uyning bir qismi buzilib ketganligi va qulagan devor ostida 2 yoshli qizaloq qolib ketganligi to‘g‘risida tashvishli xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, qizaloqni olib chiqishgan va zaruriy tibbiy yordam uchun shifokorlarga topshirishgan. Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi ekani aytiladi.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025