O‘zbekiston | 16:28 / 16.06.2023
9226
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro imtihonlardan yuqori natija olgan o‘quvchilarga 28,8 mlrd so‘m qaytarib berilgan

Oxirgi 2 yilda 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball olgan 16,655 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berilgan. Hududlar kesimida eng ko‘p kompensatsiya olganlar Toshkent shahri, Buxoro va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.  

Foto: Getty Images

2021 yil 1 maydan buyon shu paytgacha 18 turdagi xalqaro imtihonda yuqori natijaga erishgan 16 655 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab berilgan. Yoshlarga qariyb 28,8 mlrd so‘m kompensatsiya sifatida qaytarilgan.

Xalqaro imtihonlar bo‘yicha eng ko‘p to‘lovini qaytib olganlar IELTS topshirganlar bo‘lib, jami 12031 nafar yosh bu imtihondan yuqori natija ko‘rsatgan. 2-o‘rinda TORFL/TRKI– 3068 nafar va 3-o‘rin SAT bo‘yicha – 1189 nafar yosh pulini qaytarib olgan.

Shuningdek, hududlar kesimida eng ko‘p kompensatsiya olganlar quyidagicha:

➖ Toshkent shahri — 6 829 nafar

➖ Buxoro viloyati — 1 432 nafar

➖ Farg‘ona viloyati — 1 276 nafar

➖ Namangan viloyati — 1 119 nafar

➖ Samarqand viloyati — 961 nafar

Yana bir muhim jihati, bu tizimda kompensatsiya olganlarning ko‘pi qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunda 16 655 nafar yoshning 9 053 nafari qizlar, qolgan 7 602 nafari yigitlar bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, hukumat qarori bilan 2021 yil 1 maydan boshlab 5, 2022 yil 1 yanvardan 13 va jami 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilib kelinyapti

Mavzuga oid