Sport | 17:14 / 17.06.2023
24994
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo Kubogi U-17. O‘zbekiston turnirni Yaponiyaga qarshi durang bilan boshladi

Tailandda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi start oldi. 

Foto: UFA

O‘zbekiston U-17 1-turni Yaponiya yoshlariga qarshi o‘tkazib, 83-daqiqada Amirbek Saidov tomonidan kiritilgan to‘p evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida Hindiston va Vetnam o‘zaro bahs olib boradi. 

O‘zbekiston 2-turda 20 iyun kuni Hindistonga qarshi maydonga tushadi. 

Osiyo Kubogi U-17
D guruhi. 1-tur
Yaponiya — O‘zbekiston 1:1

17 iyun. «Rajamangala»
Gollar: Yutaka Michivaki (8) — Amirbek Saidov (83).
Yaponiya U-17 — Goto Vataru, Haruto Matsumoto, Keyta Kosugi, Kaito Tsuchiya, Shuto Nagano, Ryunosuke Yada, Yutaka Michivaki (Rento Takaoka, 69), Ryunosuke Sato, Yumeki Yoshinaga (Gakuto Kavamura, 60), Gaku Navata (Shungo Sugiura, 69), Joi Yamamoto.
O‘zbekiston U-17: Muhammadyusuf Sobirov, Aziz To‘lqinbekov, Ozod O‘ktamov, Laziz Mirzayev (Aminbek Yoqubov, 87), Behruz Shukurullayev (Quvonch Abrayev, 46) (Muhammadali Raimov, 74), Behruz Jumatov, Shodiyor Shodiboyev, Ollobergan Karimov, Sherzod Abdulboriyev, Oybek O‘rmonjonov (Amirbek Saidov, 74), Dilshod Abdullayev (Muhammad Bobur Karimov, 59).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid