Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Peterburg forumida: Rossiyada YaIM o‘sishi yil oxirigacha 1,5-2 foizni tashkil qiladi
Rossiya Federatsiyasi yalpi ichki mahsulotining o‘sishi yil oxiriga qadar 2 foizga yetishi mumkin, dedi Rossiya prezidenti Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.
Yil oxirida Rossiya yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o‘sishi 2 foizga yetishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yalpi majlisida aytib o‘tdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, aprel oyida yalpi ichki mahsulot yillik hisobda 3,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib unga “foizdan ko‘proq qo‘shiladi”.
“Mutaxassislarimizning o‘sish ko‘proq bo‘lishi, 1,5 foizgacha, balki 2 foiz ham bo‘ladi, degan fikriga qo‘shilaman”, dedi u. “Ta’kidlashni istardimki, bugungi kunda davlatimiz moliyasi barqarorlashgan”, — dedi Putin.
Davlat rahbari xorijiy brendlar egalarining Rossiyadan chiqib ketishiga alohida to‘xtalib o‘tdi. Ularning o‘rniga "bizning korxonalarimizda to‘liq ishlab chiqarilgan mahsulotlar uzoq vaqtdan beri sotilyapti", deb ishontirdi Vladimir Putin. Uning so‘zlariga ko‘ra, “faqat logotip o‘zgaradi, lekin bu biznesdan tushgan foyda mamlakatimizda qoladi”.
Avvalroq, 15 iyun kuni Britaniyaning The Financial Times gazetasi Putin o‘tgan hafta Rossiya davlatiga g‘arbning istalgan aktivlarini “katta chegirma” bilan sotib olish – ularni keyinchalik qayta sotish uchun ustuvor huquq beruvchi maxfiy farmonni imzolagani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025