Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur aeroportida politsiyachi robotlar ish boshladi
Singapurda kordonlar vazifasini bajaradigan va voqea sodir bo‘lgan taqdirda o‘tkinchilarni xabardor qiladigan politsiyachi robotlarni ishga tushirish boshlanyapti. Bu haqda The Straits Times yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, balandligi 1,7 metr bo‘lgan mashinalar besh yillik sinovdan so‘ng ishga tushirilyapti. Loyiha mualliflarining fikricha, robotlar voqea joyiga politsiya yetib kelguniga qadar vaziyatni bir muddat hal qilishga yordam beradi.
Robotlar kameralar, datchiklar, dinamiklar, displey, burilish signallari va sirena bilan jihozlangan, ular avtonom patrul qilish imkoniyatiga ega va politsiya xodimiga fuqarolar bilan mikrofon orqali bevosita muloqot qilish imkonini beradi.
Singapur politsiyasi Changi aeroportining 4-terminaliga ikkita robot joylashtirilganini aytdi. Robotlar patrul xodimlari bilan birgalikda obekt hududidagi vaziyatni tekshiradi. Ular, shuningdek, 360 graduslik kamera uchun 2,3 metr balandlikka ko‘tariladigan ustunlar bilan jihozlangan.
«Robotexnika integratsiyasi ofitserlarimizning samaradorligi va imkoniyatlarini oshirib, ularga o‘z vazifalarini yanada samarali bajarish imkonini beradi», dedi aeroport politsiya bo‘limi boshlig‘i Supt Lim.
Aprel oyida Nyu-York politsiyasi xodimlari internetdagi videolar tufayli mashhur bo‘lgan Boston Dynamic kompaniyasining Digidog robotlaridan ko‘chalarni patrul qilish uchun foydalanishni boshladi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi
10:37 / 20.04.2025
Xitoyda robotlar va odamlar ishtirokida yarim marafon o‘tkazildi. Odamlar yaxshiroq natija ko‘rsatdi
21:00 / 11.04.2025