O‘zbekiston | 07:34 / 17.06.2023
10866
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda "Nexia-2" yo‘l o‘rtasida qazilgan chuqurlikka tushib ketdi

Ta’mirlash joyi yo‘l belgilari bilan jihozlangan.

Foto: IIBB YHXB

Toshkent shahrining Chilonzor tumani 19-mavze, Katta Xirmontepa ko‘chasi 56-uy qarshisida yo‘lning qatnov qismi yuqori kuchlanishli elektrkabelda yuzaga kelgan nosozlik tufayli qazilgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, qazish ishlarini Chilonzor tumani elektr tarmoqlari tezkor avariya-tiklash guruhi 16 iyun 15:30 larda  amalga oshirgan.

Joriy yilning 16 iyun kuni soat 21:30 larda aynan shu qazilgan joydagi chuqurlikka "Nexia-2" avtomashinasi tushib ketgan.

Qayd etilishicha, ta’mirlash joyi yo‘l belgilari bilan jihozlangan.

Holat bo‘yicha tan jarohat olganlar haqida navbatchilik qismiga ma’lumot kelib tushmagan.

Mavzuga oid