Kaxovka suv ombori qurishi oqibatlari va ozod etilgan qishloq xarobalari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 479-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lishiga, katta ehtimol bilan texnik tunneldagi portlash sabab bo‘lgan. Bu haqda The New York Times nashriga ukrainalik va amerikalik muhandislar aytib berishdi.
- Vladimir Putin Peterburgda Arikaning yetti mamlakati yetakchilari missiyasini qabul qildi. Bundan avvalroq ular Ukrainadagi urush bo‘yicha tinchlik rejasining 10 bandini keltirishgandi. Uchrashuv vaqtida Putin yana bir bor urush uchun mas’uliyatni «Kiyev rejimi»ga yukladi, Rossiyaning harakatlari mantig‘ini «xalqaro huquq va BMT Nizomi nuqtayi nazaridan bekam-ko‘st» deb atadi.
- Ukraina qurolli kuchlari Ukraina janubida bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishlarda hujum qilinayotgani va «taktik yutuqlarga erishilayotgani» haqida ma’lum qildi. Shuningdek, Baxmut atrofida bir necha uchastkada yurish qilinayotgani va baland tepaliklar egallangani haqida qo‘shimcha qilindi.
- Dmitriy Peskov Ukrainani «demilitarizatsiya» qilish rejasi «ma’lum ma’noda bajarilgani»ni aytdi - u buni mamlakat endi G‘arb yetkazib bergan qurollarda jang qilayotgani bilan izohladi.
Ozod etilgan Blahodatne qishlog‘i
Ukrain qo‘shini Blahodatne qishlog‘i ozod etilgani haqida 11 iyun kuni xabar bergandi. RF mudofaa vazirligiga aloqador «Rybar» telegram-kanali esa Ukraina qurolli kuchlari Blahodatneni «amalda jangsiz egallagani», go‘yoki «DXR» kuchlari qurshovga tushib qolmaslik uchun, keyingi pozitsiyaga chekingani haqida yozgan. Shu bilan birga, Tavr yo‘nalishi mudofaa kuchlari rasmiysi Valeriy Shershen «bosqinchilar oxiriga qadar qarshilik ko‘rsatgani» haqida aytgan: Ukraina qurolli kuchlari olti nafar rus askarini asir olgan. Rossiya tomoni Blahodatnedagi vaziyat yuzasidan izoh bermagan.
Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, Blahodatnedagi uylarning 70 foizi «amalda to‘liq vayron bo‘lgan», qolgan qismi shikastlangan.
Mikolayivda insonparvarlik yordami tarqatilishi
Mikolayiv oblasti — Xerson, Dnipropetrovsk va Zaporijjya oblastlari qatorida — 6 iyun kuni Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlaridan jabrlangan hududdir. Ukraina FVDX ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda 31 ta aholi yashash manzillarini qisman suv bosgan. Oblast harbiy ma’muryati rahbari Vitaliy Kim 12 iyun kuni regionda suv toshqinlari oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Dnipro Kaxovka GESdagi halokatdan keyin sayozlashib qolgan quyilish qismi
Kaxovka suv ombori 1950-yillar o‘rtalarida paydo bo‘lgan. O‘tgan vaqt davomida uning atrofida ekspertlar unikal deb baholagan ekotizim shakllangan: xususan, suv omborida baliqlarning 50 turi va umurtqasizlarning 100 ga yaqin turi mavjud bo‘lgan, sohilda yovvoyi o‘rdaklar, balchiqchi qushlar, qarqaralar, qirg‘iylar, turnalar, tuvaloqlar va boshqa turdagi qushlar in qurib yashagan.
Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lgach, suv omboridagi suv oqib ketdi va Dnipro sayozlashib qoldi. Bundan tashqari, daryoga neft mahsulotlari, shuningdek xo‘jalik va maishiy chiqindilar qo‘shilib ketdi. Bu esa baliqlar yoppasiga qirilib ketishiga olib keldi. Boshqa jonivorlar ham jabr ko‘rgan, ko‘plari halok bo‘lgan.
Rossiya fanlar akademiyasi Janubiy dengizlar biologiyasi institutining radiatsiya va kimyoviy biologiya bo‘limi mudiri Natalya Mirzoyevaning so‘zlariga ko‘ra, suv omboridagi suvning to‘liq hajmi taxminan 10 yildan keyin, ekotizim esa — faqat 20–30 yil o‘tib tiklanadi.
Quyidagi fotosuratlar Dnipropetrovsk oblastining Maryanskoye qishlog‘ida, Kaxovka suv omborining o‘ng sohilida olingan.
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024