Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank of China Rossiyadan YeI va AQShga pul o‘tkazmalarini chekladi
«Benk of Chayna (Rossiya)" 13 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va AQShdagi oluvchilar foydasiga Xitoy yuanidagi to‘lovlarni qabul qilmayapti, deb yozadi Frank Media.
Bank of China («Benk of Chayna (Rossiya)») 13 iyundan boshlab Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va AQShdagi oluvchilar foydasiga, shu jumladan, ushbu mamlakatlardagi banklarning xorijiy filiallarida Xitoy yuanidagi to‘lovlarni qabul qilmayapti. Bu haqda 18 iyun, yakshanba kuni moliya va iqtisod bo‘yicha Frank Media nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Bank of China’ning Rossiyadagi shu’ba korxonasidan bildirishnomalar, xususan, YuniKredit Bank va Akibank tomonidan olingan. Istisno banklar - tegishli yurisdiksiyalardagi BoC guruhining oluvchilari.
«Finam» moliyaviy guruhi monitoring departamenti rahbari Dmitriy Lesnovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy bankining vakillik hisobvaraqlari orqali nafaqat yuanda, balki AQSh dollari, yevro va Hongkong dollaridagi pul o‘tkazmalari ham to‘xtatilgan, deb aniqlik kiritmoqda RBK agentligi.
«Qaror Xitoy tomonidan emas, balki Yevropa Ittifoqi va AQSh tomonidan qabul qilingan. Shu tariqa, ular yuan ko‘rinishidagi muqobil kanallarni to‘sib qo‘yish orqali sanksiya bosimini o‘tkazishga harakat qilmoqda», - deya taxmin qildi Modulbank boshqaruvi raisi Pavel Semenov.
Avvalroq Kreml Rossiya budjeti taqchilligi oshishi fonida Xitoy yuanidagi zaxiralarning bir qismini sotish bilan band ekani ma’lum bo‘lgan edi.
Rossiya iqtisodiyoti Ukrainadagi urush fonida Xitoy iqtisodiyotiga yaqinlashdi. Moskvaning energiya rejalari, xususan, Xitoyga eksport hajmini oshirishni nazarda tutadi.
2022 yilda Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 34,3 foizga o‘sib, rekord darajadagi 1,28 trillion yuanga (172,5 milliard yevro) yetdi. Mamlakatlar yetakchilari 2024 yilgacha bu miqdorni 200 milliard dollarga (182,5 milliard yevro) yetkazish bo‘yicha umumiy maqsadni qo‘ygan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025