Donbassdagi janglar va Baxmut atrofidagi dala hospitali. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 481-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Aleksey Navalniy urush va Putinga qarshi tashviqot loyihasi boshlaganini e’lon qildi. Rejaga ko‘ra, kampaniya ishtirokchilari odamlarni Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarshi «oyoqlantirishi» kerak.
- Rossiya bosh prokuraturasi «Agora» xalqaro huquq himoyachilari guruhini «istalmagan» tashkilot deb e’lon qildi.
- Rossiya BMTga Ukrainaning Kaxovka GESdagi falokatdan jabrlangan hududlariga kirishga ruxsat bermadi. Bu haqda BMTning Ukrainadagi humanitar muvofiqlashtiruvchisi Deniz Braun ma’lum qildi.
- Ukraina mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari Zaporijjya oblasti janubidagi Pyatixatki qishlog‘ini ozod etganini ma’lum qildi.
- Buyuk Britaniya Moskva Kiyevga tovon puli to‘lamaguncha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar saqlanib qolajagini bildirdi.
- Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinga ko‘ra, urush boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan rossiyaliklarning teng yarmi qaytib kelgan. U qolganlarni ham «kallani ishlatish»ga chaqirgan.
Kun kadri. Donetsk yaqinidagi janglar
Ukraina qurolli kuchlari Ukraina janubida — Zaporijjya oblasti va uning Donetsk oblasti bilan chegara hududlarida qarshi hujumni davom ettirayotgan mahalda Rossiya qo‘shinlari Donetsk atrofida hujumlarni qaytadan boshladi. RF qurolli kuchlari Donetsk janubi-g‘arbidagi Maryinka shahridan janubda yurish boshlagan, shuningdek Donetskdan shimoldagi Avdiyivka atrofida harbiy harakatlar boshlangan.
Rossiya armiyasi ushbu ikki shaharni egallash uchun 2022 yildayoq harakat boshlagandi. Qishda RF qurolli kuchlari katta yo‘qotishlar evaziga Maryinka shahri markazini egallagan, shuningdek Avdiyivkadan shimol va janubdagi o‘rmonzor va dalalar bo‘ylab ilgarilagandi. Ammo Ukraina qurolli kuchlari hududdagi qo‘shinlari qurshovga tushishiga yo‘l qo‘ymadi hamda Donetskdan shimol va g‘arbdagi yo‘llar ustidan nazoratni saqlab qoldi.
Baxmut atrofidagi ukrain tankchilari va artilleriyachilari
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi dala hospitali
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari
19 iyunga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Xersonga zarba yo‘lladi — shaharda bir qancha yong‘inlar yuzaga keldi. Ukraina IIV xabariga ko‘ra, shahardagi yonilg‘i quyish shoxobchalaridan biridagi gaz saqlagich ham yonib ketgan. Shuningdek, korxonalardan birining hududida yong‘in chiqib, omborxona binosi, ko‘rgazmalar zali va xo‘jalik qurilmalari yonib ketgan. Oblast harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, bir kishi jabrlangan.
Kaxovka GES to‘g‘onidagi vayrongarchilikdan so‘ng Belozerka, Dniprovsk, Novogredneve va Blahodatovka qatori Xersonning ham bir qismi hamon suv ostida qolmoqda. Bu aholi yashash manzillarida 843 ta turar joy binosini suv bosgan.
Mavzuga oid
14:17
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024