Sport | 17:11 / 21.06.2023
27764
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Toshkentda yana yutib ketdi. CAFA Nations Cup finalidan fotogalereya

Ilk bor milliy jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan CAFA Nations Cup musobaqasi yakuniga yetdi. 

Foto: Kun.uz

Finalda mezbon O‘zbekiston Eronga qarshi maydonga tushib, minimal hisobda yutqazdi. Sardor Ozmunning ikkinchi bo‘lim boshida urgan yagona goli forslarga chempionlik taqdim etdi. 

Bosh murabbiy Srechko Katanetssiz (sog‘lig‘idagi muammo sabab davolanishga ketgan) qolgan O‘zbekistonda ham qulay imkoniyatgar yuzaga keldi. Ammo Eldor Shomurodov va Oston O‘runov vaziyatlardan foydalana olishmadi. Natijada Eron 6-bor (7 o‘yinda) Toshkentda yutib ketdi. 

Forslar oltin, «oq bo‘rilar» kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bronza medali Qirg‘izistonni mag‘lub etgan Ummonga nasib etdi.

CAFA Nations Cup. Final. 
O‘zbekiston — Eron 0:1

«Bunyodkor» stadioni, 20 iyun
Gol: Ozmun (48). 
O‘zbekiston — O‘tkir Yusupov,. Hojiakbar Alijonov (Jasur Yaxshiboyev, 90+4), Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abbos Fayzullayev, 71), Oston O‘runov, Sherzod Nasrullayev (Hojimat Erkinov, 78), Eldor Shomurodov, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullayev.
Eron — Alirizo Beyranvand (Said Niyozmand, 11), Ehson Hoji Safiy, Said Izzatullohiy, Murtazo Puraliganjiy, Mahdi Torimiy, Muhammad Kanoniy, Ro‘zbeh Chashmiy, Mahdi Gayediy (Vohid Amiriy, 46), Muhammad Muhabbi, Sardor Ozmun (Said Karimiy 75, Majid Husayniy 90+5), Ramin Rizoyan. 
Ogohlantirishlar: Hamrobekov (39), Torimiy (42), Kanoniy (66), Shukurov (90+3), Eshmurodov (90+3). 
Chetlatish: Kanoniy (90+1). 

35 mingga yaqin muxlis qarshisida, qaynoq haroratda o‘tgan bellashuvdan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 


Suratlar muallifi — Boymirza Xalilov

Mavzuga oid