Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mahkumlarni shartnoma bo‘yicha armiyaga chaqirishga ruxsat berildi
Mahkumlar bilan shartnomalar tuzish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan mahkumlar afv etish orqali jazoni o‘tashdan ozod etiladi.
20 iyun, seshanba kuni Rossiya Davlat dumasi kichik jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan fuqarolarga safarbarlik, harbiy holat va urush davrida harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnomalar tuzishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Tegishli ma’lumotlar Duma ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi.
Rossiya Jinoyat kodeksida «qasddan va ehtiyotsizlik harakatlari» eng ko‘p uch yilgacha qamoq jazosi bilan kichik og‘irlikdagi jinoyatlar, o‘rtacha og‘irlikdagisi - besh yilgacha qamoq jazosi bilan «qasddan sodir etilgan qilmish» deb tan olinadi. Bu, xususan, talonchilik, tovlamachilik, affekt holatidagi qotillikka tegishli. Terrorizm, davlatga xiyonat, ekstremizm, qo‘poruvchilik va boshqa og‘ir jinoyatlarda ayblangan shaxslar bu huquqdan foydalana olmaydi.
Mahkumlar bilan shartnomalar tuzish tartibi RF Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Harbiy idora bilan shartnoma tuzgan mahkumlar afv etish orqali jazoni o‘tashdan ozod qilinadi. Qonun loyihasi nafaqat jazoni o‘tayotgan, balki ozodlikka chiqqan, lekin sudlanganligi haligacha olib tashlanmagan shaxslarga ham tegishli.
Qonun loyihasi Ukrainadagi keng ko‘lamli urush paytida qabul qilingan qarorlarni de-fakto qonuniylashtiradi. Ilgari mahkumlarga xizmat muddati tugagach, afv etilishi va’da qilinib, shartnoma bo‘yicha xizmatga jalb qilingan. Buni birinchi bo‘lib «Vagner» XHK, keyin esa Rossiya Mudofaa vazirligi amalga oshirdi.
Rossiya koloniyalaridan qancha odam urushga jalb qilinganligi aniq ma’lum emas. 2022 yil noyabr oyida Federal jazoni ijro etish xizmati mahbuslar soni ikki oy ichida rekord darajada - 23 ming kishiga qisqargani haqida xabar bergan edi. Bir muncha vaqt oldin «Vagner» XHK egasi Yevgeniy Prigojin Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun ilgari jalb qilingan 32 ming sobiq mahbus shartnoma muddati tugaganidan keyin Rossiyaga qaytganini aytgandi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025