Rossiyalik chekuvchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga har bir quti sigaret uchun pul to‘lashga majbur bo‘ladi
Rossiyada tamaki mahsulotlari uchun raqamli aksiz joriy qilinmoqda. Undan tushadigan mablag‘ni Alisher Usmonovga qisman tegishli bo‘lgan kompaniya oladi.

Foto: Getty Images
Rossiya Moliya vazirligi tamaki va tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarning qog‘oz aksiz solig‘idan voz kechishga tayyorlanmoqda. Uning o‘rnini raqamli aksiz solig‘i egallaydi, deb yozdi TASS.
«Tamaki mahsulotlarini maxsus (federal) belgilar bilan markalashdan voz kechish rejalashtirilmoqda», deyiladi budjet va moliya bozorlari qo‘mitasiga topshirilgan hujjatlarda.
Tamaki uchun raqamli aksiz solig‘iga o‘tish 2024 yilning birinchi choragida amalga oshirilishi kerak. 2023 yilning mayidan 2024 yilning iyuligacha Rossiyada bunday markirovkadan foydalanish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.
Moliya vaziri o‘rinbosari Aleksey Sazanov so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim tamaki mahsulotlari muomalaga kiritilganda soliq majburiyatlarini avtomatik ravishda hisoblash imkonini beradi.
Rossiyada 2019 yildan boshlab Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (Tsentr razvitiya perspektivnyx texnologiy (TsRPT) tovarlarni raqamli markalash bo‘yicha yagona operator hisoblanadi.
Kompaniyaning 50 foizi milliarder Alisher Usmonovning USM holdingiga tegishli. Shuningdek, uning 25 foiz aksiyasiga Aleksandr Galitskiyning «Rostex» va «Elvis-Plyus Grupp» kompaniyalari egalik qiladi. TsRPT davlat-xususiy sheriklik asosida ishlaydi.
Markalash jarayonida har bir mahsulot Data Matrix kodini oladi. U mahsulotni ishlab chiqarishdan tortib to utilizatsiya qilishgacha kuzatish imkonini beradi. Kod narxi 0,5 rublni tashkil qiladi.
2019 yilda, etiketka endi joriy qilingan paytda, TsRPT daromadi 2,7 milliard rublni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda u ikki baravar ko‘payib, 7,1 milliard rublga yetdi.
Shundan keyin, Rossiya hukumati mo‘yna, dori-darmon, poyabzal, kameralar, shinalar, ayrim iste’mol tovarlari, sut mahsulotlari va ichimlik suvi uchun majburiy markalashni joriy qildi.
Markalash tovarlarning narxini oshirdi, chunki ishlab chiqaruvchilar TsRPT kodini mahsulot paketiga joylashtirish uchun qimmat uskunalar sotib olishga majbur bo‘ldi. 2024 yilgacha Rossiyada tovarlarni uzluksiz markalash tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Buning maqsadi sifatsiz mahsulotlar va qalbaki mahsulotlar tarqalishiga qarshi kurashish ekani aytilmoqda.
Markalash bu - noaniq benefitsiarlarga ega bo‘lgan korxonalarni bilvosita soliqqa tortishdir, dedi Internet-ombudsman Dmitriy Marinichev. Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik sxemasi korrupsiyaga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025