Toshkentda Lacetti piyodalar yo‘lagidan velosipedda o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yubordi
Yashnobod tumanida Lacetti velosipedda bo‘lgan 9 yoshli bolani urib yubordi, u turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Joriy yilning 20 iyun kuni soat 13.30 larda Yashnobod tumani Muxtor Ashrafiy ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 1973 yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagini velosipedni boshqarib kesib o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan A.A.ni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida fuqaro A.A. turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:49 / 13.09.2024
Lacetti'dagi yong‘in sabab UzAuto Motors va uning dileriga ish qo‘zg‘atildi
00:14 / 12.09.2024
Farg‘onada sog‘ligi yomonlashgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, YTH sodir etdi va halok bo‘ldi
18:40 / 20.08.2024
“Sokin inqilob” - Hindistonda velosipedlar qizlarning maktabga qatnashida asosiy transportga aylandi
15:27 / 12.06.2024