O‘zbekiston | 08:46 / 21.06.2023
8372
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan tuman ma’lum qilindi

Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

2023 yilning yanvar-may oylari yakuni bilan Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi 9 823,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, u 2022 yilning mos davriga nisbatan 2 132,8 mln AQSh dollariga yoki 127,7 foizga ko‘paydi.

Shahar tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulush (18,6 foiz) 1 827,0 mln AQSh dollari bilan Mirobod tumaniga tegishli.

Toshkent shahrining tumanlar kesimida tashqi savdo aylanmasi:

  • Chilonzor tumani 1 384,7 mln AQSh dollari;
  • Yunusobod tumani - 1 097,0 mln AQSh dollari;
  • Yakkasaroy tumani - 941,7 mln AQSh dollari;
  • Yashnobod tumani - 822,7 mln AQSh dollari;
  • Sergeli tumani - 850,1 mln AQSh dollari;
  • Olmazor tumani - 767,0 mln AQSh dollari;
  • Shayxontohur tumani - 696,8 mln AQSh dollari;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani - 659,0 mln AQSh dollari;
  • Uchtepa tumani - 280,1 mln AQSh dollari;
  • Bektemir tumani - 278,5 mln AQSh dollari;
  • Yangihayot tumani - 147,9 mln AQSh dollari.

Mavzuga oid