Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI davlatlari Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib oldi
U mavjud cheklovlarni chetlab o‘tishga qarshi kurashishga qaratilgan.
Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar elchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi bo‘yicha kelishib oldilar.
«Bugun YeI mamlakatlari elchilari Rossiyaga qarshi 11-sanksiya paketi bo‘yicha kelishib oldilar. Paket sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi choralarni o‘z ichiga oladi», deyiladi Shvetsiyaning YeI vakilligi xabarida.
Yangi sanksiyalar ro‘yxatiga ukrainalik bolalarning noqonuniy deportatsiyasiga mas’ul bo‘lgan 70 kishi, rossiyalik harbiylarga yordam bergan 30 dan ortiq kompaniya kiritilgan.
Yangi sanksiyalar paketi 23 iyungacha yakunlanishi kutilmoqda, shundan so‘ng u YeI rasmiy jurnalida e’lon qilinadi.
Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning o‘ninchi paketi Rossiya banklariga nisbatan cheklov choralari, Rossiyadan sintetik kauchuk va bitumni olib kirishni va Rossiya hududi orqali ikki maqsadli tovarlarning tranzitini taqiqlashni o‘z ichiga olgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025