Jahon | 15:32 / 22.06.2023
13512
4 daqiqa o‘qiladi

Front yaqinida ta’mirlanayotgan Leopard va Donbass shimolidagi janglar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 483-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF Konstitutsiyaviy sudi armiyani «obro‘sizlantirish» to‘g‘risidagi moddani Konstitutsiyaga zid emas deb topdi va uni bekor qilmadi.
  • YeI mamlakatlari maxsus vakillari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketi bo‘yicha kelishib oldi. U avvalroq kiritilgan sanksiyalarni aylanib o‘tishga qarshi qaratilgan.
  • Zelenskiy qarshi hujum «istalganidan ko‘ra sekinroq» ketayotgani, ammo bu «hollivudcha film emasligi»ni aytdi.
  • Ikkita dron Moskva oblastidagi harbiy qism omborlari yaqinida quladi. Yana bir dron qoldiqlari Novaya Moskva hududida topilgan.
  • RF Tergov qo‘mitasi urushga qarshi faollardan biri Anatoliy Berezikovning maxsus hibsxonadagi o‘limidan so‘ng o‘z joniga qasd qilishgacha olib borganlik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Zaporijjya oblastida Leopard 2 tanklari

2023 yil boshida G‘arbning qator davlatlari, jumladan AQSh, Polsha, Germaniya va Buyuk Britaniya Ukraina qurolli kuchlariga tanklar yetkazib berishga rozilik bildirdi. Bahorda ushbu davlatlar Ukrainaga dastlabki Leopard 2 tanklarini yuborishdi.

Iyun oyi o‘rtalarida RF mudofaa vazirligi kamida yettita Leopard tanki yo‘q qilingani haqida ma’lumot berdi. Oryx harbiy-tahliliy loyihasi Ukraina qurolli kuchlari nemislar tomonidan ishlab chiqarilgan tanklardan sakkiztasini yo‘qotganini tasdiqlagan — shundan faqat ikkitasi yo‘q qilingan (qolgani yoki shikastlangan, yoki jang maydonida qoldirilgan). Quyida ukrain harbiylari front chizig‘i yaqinida Leopard 2 tankini ta’mirlayotgani aks etgan suratlar.

Zaporijjya oblastida ukrainalik harbiylar Leopard 2 tankini ta’mirlamoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastining Preobrajyenka qishlog‘iga berilgan zarba oqibatlari

Ukrainalik o‘t o‘chiruvchilar rossiyaliklar zarbasi oqibatida yonib ketgan binoda olovni o‘chirmoqda. Zaporijjya oblasti harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, 21 iyun kuni Rossiya tomoni hududdagi aholi yashash manzillariga raketa va dronlar bilan 87 bor zarba bergan — natijada turar joy binolari, xo‘jalik qurilmalari, omborxonalar vayron bo‘lgan, shuningdek avtomobillar va kommunikatsiya tarmoqlari shikastlangan. Preobrajyenka qishlog‘ida to‘rt kishi jarohat olgan.
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Donbass shimolidagi pozitsiyalari

Ukrainalik harbiy xizmatchi 2A36 «Giatsint-B» gaubitsasi uchun snaryadlarni tayyorlamoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar 2A36 «Giatsint-B» gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyasiga zarba bermoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainaning 28-polki harbiysi pulemyot uchun patronlarni tayyorlamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina QK 28-brigadasi jangchisi «Maksim» pulemyotidan rossiyaliklar pozitsiyasiga o‘t ochmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainaning 57-brigadasi harbiy xizmatchilari BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
BM-21 «Grad» baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklar pozitsiyasi o‘qqa tutilishi
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid