Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdan O‘zbekistonga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi yetkazildi
12 mingdan ortiq dori vositalari Virusologiya instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Joriy yilning 17 iyun kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan «S» gepatitiga qarshi dori vositasining navbatdagi qismini Sharm-al-Shayxdan Toshkentga bepul yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq dori vositalari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.
Misr hukumati «100 million sog‘lom hayot» milliy dasturni ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunda asosiy e’tibor dunyoning mashhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va kengaytirishga qaratilmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025