O‘zbekiston | 15:48 / 22.06.2023
15636
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda

Ochiq havoda bo‘lmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish tavsiya etilgan.

Foto: yuz.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun, 22 iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda.

Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra:

- soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 14 baravar oshib ketdi. Shamol tezligi 5-7 m/s. Ko‘rinish 500 metr.

- soat 10:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 6241 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 12 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko‘rish 700 metr.

- soat 11:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 5739 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 11 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko‘rish 700 metr.

- Soat 12:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 9 marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 m/s. Ko‘rish 1000 metr.

Ochiq havoda bo‘lmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish tavsiya etilgan. Ochiq havoda bo‘lganda niqob va ko‘zoynak taqish lozim.

Mavzuga oid