Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkazilishi sababli bir necha ko‘chalar yopiladi
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
30 iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan joriy yil 25 iyun kuni «Yangi nafas», «Vatan qalqoni» ommaviy yugurish musobaqalari hamda Xalqaro olimpiya kuniga bag‘ishlangan Olympic day musobaqasi o‘tkaziladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan shahardagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi.
23 iyun kuni soat 00:00 dan 25 iyun kuni soat 10:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bo‘ylab Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishmasigacha;
25 iyun kuni soat 5:00 dan soat 8:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasining Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob va Oybek ko‘chalari bo‘ylab Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasigacha;
- Oybek va Nukus ko‘chalari kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Rim katolik cherkovigacha.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
08:37 / 02.05.2025
Toshkent ko‘chalaridan birida mashinalar harakati vaqtincha to‘xtatildi
08:09 / 29.04.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 soatga yopildi
14:59 / 28.04.2025
Toshkentda gullar festivali munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi
11:37 / 22.04.2025