Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston vakili “ShHT ezgu niyat elchisi” faxriy unvoni sohibi bo‘ldi
Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) kotibiyati tomonidan tashkilotning 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinovga “ShHT ezgu niyat elchisi” faxriy unvoni tantanali ravishda topshirildi. Xitoy, Rossiya va Tojikiston vakillari ham shunday unvonga sazovor bo‘ldi.
“ShHT ezgu niyat elchisi” instituti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy etilgan. Ushbu faxriy unvon ShHTga a’zo davlatlar fuqarolari orasidan madaniyat, san’at, adabiyot va fan, musiqa va sport sohalaridagi taniqli davlat arboblari va vakillariga taqdim etiladi.
ShHT ezgu niyat elchisi tashkilotning maqsad, vazifa va tamoyillarini keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar orasida, mintaqa va dunyoda ommalashtirishga, ShHT faoliyati haqida jamoatchilik fikrini shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Mavzuga oid
22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi
19:50 / 05.03.2025
Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi
10:57 / 05.01.2025
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi
21:21 / 17.10.2024