Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 ta oliy harbiy ta’lim muassasasida bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi
24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida navbatdagi bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Qurolli Kuchlar akademiyasida o‘tkazilgan bitiruv tadbirida mazkur oliy harbiy ta’lim dargohi va Qurolli Kuchlar harbiy tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari safga kuzatildi.
Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, akademiyadagi bitiruv marosimida Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Shu kuni Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida kursantlar 26-bitiruvchilar sifatida o‘rin egalladi. Ushbu tadbirda mudofaa vazirining o‘rinbosari — Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni general-mayor Ahmad Burhonov va boshqa rasmiylar, mehmonlar qatnashdi.

Shuningdek, 24 iyun kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida ham bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Kursantlarga Mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qodirjon Tursunov va boshqa mehmonlar diplom topshirdi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o‘tkazilgan bitiruv marosimida Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev qatnashdi.

Mavzuga oid
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi
09:10 / 19.02.2025
Foto: Mudofaa vazirligining xalqaro ko‘rgazmadagi harbiy texnikalari
16:55 / 22.01.2025