Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada o‘zaro janjal tufayli 25 yashar yigit o‘ldirildi
Bu haqda IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
21 iyun kuni soat 21:00 larda 1998 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan O.Z. ismli yigit o‘rtoqlari bilan Dang‘ara tumanidagi “Marokash” nomli choyxonada o‘tirgan vaqtida 1998 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan Jo‘rayev Ulug‘bek Avazjon o‘g‘li bir necha o‘rtoqlari bilan shu yerga keladi hamda O.Z.ni o‘zlari tashqariga chaqirib oladi.
G‘iyosov ulashgan viloyat IIB bayonotiga ko‘ra, tomonlar o‘zaro gap talashib, janjallashib ketgach, Ulug‘bek Jo‘rayev yonida bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism bilan O.Z.ning o‘ng ko‘krak qafasiga urib, tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida jabrlanuvchi hodisa joyida vafot etgan.
Qo‘qon shahar shoshilinch yordam ko‘rsatish markazi jabrlanuvchi o‘ng ko‘krak qafasi oldi tomoni teshib o‘tuvchi sanchilgan-kesilgan jarohatlari bilan shifoxonaga olib kelingan vaqtda allaqachon vafot etganini bildirgan.
Viloyat prokuraturasi bayonotida hodisa joyi tuman prokurori rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgani va ashyoviy dalillar olingani ta’kidlanadi.
Holat yuzasidan Dang‘ara tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
25 yashar yigitning o‘limida gumonlanayotgan Jo‘rayev Ulug‘bek Avazbek o‘g‘li qidiruvga berilgan.
“Agarda ciz, Jo‘rayev Ulug‘bek Avazbek o‘g‘li haqida biror-bir ma’lumotga ega yoki uning noqonuniy harakatlaridan jabr ko‘rib, tazyiqiga uchragan bo‘lsangiz darhol yaqin oradagi ichki ishlar organlariga yoki «102» qisqa raqamiga murojaat qilishingiz so‘raladi. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi”, deyiladi viloyat IIB xabarida.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025