Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyuldan davlat organlari AKT xodimlarining malakasini oshirish yo‘lga qo‘yiladi
Malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
2023 yil 1 iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlarining 3 yilda bir marta malakasini oshirish yo‘lga qo‘yiladi.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining AKTni rivojlantirish uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qaroriga ko‘ra, 2023 yil 1 iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga mas’ul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.
Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.
Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni tamomlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.
Malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Mavzuga oid
10:42 / 01.05.2025
Mahalliy korxonalar mutaxassislari xorijda malaka oshiradi
13:35 / 03.03.2025
Ayrim pedagoglarga to‘g‘ridan to‘g‘ri malaka toifasi beriladi
14:31 / 01.02.2025
Britaniya O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etadi
08:10 / 25.09.2024