Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning “Top-100” oliygohiga kirgan yoshlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi
“Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi. Bu haqda jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirayotgan o‘g‘il-qizlarimiz soni tobora ko‘paymoqda. Mamlakatimizning “Oltin fondi” bo‘lgan ushbu iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Endi, ularga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi. “Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi”, dedi nomzod.
Qo‘shimcha qilinishicha, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qo‘qon kabi turistik majmualarda, shahar va tumanlardagi markaziy parklarda “Ochiq osmon ostida kutubxona”lar tashkil qilinadi.
Shu bilan birga, o‘z hisobidan kutubxona barpo etayotgan tashabbuskorga 1 mingtadan o‘zbek va jahon adabiyotining durdona asarlari olib beriladi.
“Ular davlat hisobidan kompyuter bilan jihozlanib, Milliy kutubxona bazasiga ulanadi”, dedi Mirziyoyev.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025