Rossiya isyon bilan andarmon bo‘lganida Ukraina qarshi hujumni davom ettirmoqda, ammo sekin. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 488-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Jo Bayden ma’muriyati vakillari Ukraina qarshi hujumining dastlabki bosqichi sust rivojlanayotganidan tashvish bildirgan. «Ular grafikdan ortda qolmoqda», — degan The New York Times nashriga AQSh prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali mulozimlardan biri.
- Ukraina mudofaa vazirligi ukrain qurolli kuchlari Donetsk oblastidagi Rovnopol qishlog‘ini ozod etgani haqida xabar berdi.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qo‘shinlarning oldingi chiziqdagi pozitsiyalariga keldi — Baxmut va Berdyansk yo‘nalishlariga.
- Putin rossiyaliklarga navbatdagi murojaati vaqtida «Vagner» XHK jangchilarini RF mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga, uyga qaytishga yoki Belarusga ketishga chaqirdi. Keyin prezident Sergey Shoygu va boshqa kuchishlatar idoralar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
- Moskva shahri, Moskva va Voronej oblastlarida Yevgeniy Prigojin boshlagan isyon vaqtida joriy etilgan aksilterror amaliyotlar rejimi bekor qilindi.
- Prigojinning o‘zi isyon yakunlanganidan buyon birinchi marta o‘z harakatlari yuzasidan izoh berdi. U «Vagner» XHKda «rejimni ag‘darish» maqsadi bo‘lmaganini ta’kidladi.
- Latviya konsulxonasi «Rossiyadagi oldindan aytib bo‘lmas hodisalar tufayli» rossiyaliklarning viza bo‘yicha har qanday arizalarini qabul qilishni to‘xtatdi.
Donetsk oblasti Konstantinovka shahri yaqinidagi ukrain harbiy xizmatchilari
Ukraina qurolli kuchlarining Zaporijjya oblastidagi qarshi hujumi ishtirokchilari
Baxmut atrofidagi stabilizatsiya punkti
Donetsk oblastidagi Drujkovka shahriga zarba oqibatlari
26 iyunga o‘tar kechasi Rossiya harbiylari Kramatorsk rayonidagi Drujkovka shahri bo‘ylab to‘rtta raketa zarbasi yo‘lladi, deya xabar berdi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko. Prezident ofisi rahbari Andrey Yermak shunday qo‘shimcha qilgan: «Tinch fuqarolardan ikki kishi yaralangani ma’lum. Uylarning tomlari shikastlangan, oynalar to‘kilib tushgan». Bundan tashqari, Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi suv ta’minot tizimini ishdan chiqargan.
«Vagner» XHK isyonidan keyingi Moskva
Mavzuga oid
09:12
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
16:43 / 21.11.2024