Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston va Misr yetakchilari erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Qurbon hayiti bilan bir-birini qutladi. O‘zbekiston va Misrning do‘st xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirildi.
Joriy yilning fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi rasmiy tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik munosabatlari aniq mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalari va sanoat kooperatsiyasi dasturlarini ilgari surish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Misr yetakchilari madaniy-gumanitar almashinuvni yanada faollashtirish muhimligini ham ta’kidladi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025
Misrda 5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzgani uchun ushlandi
02:18 / 10.05.2025